Холдербай Усманович : другие произведения.

Xoldor Vulqonning yapon she'riyatidan qilgan tarjimalari. Xayku va tankalar

Самиздат: [Регистрация] [Найти] [Рейтинги] [Обсуждения] [Новинки] [Обзоры] [Помощь|Техвопросы]
Ссылки:


 Ваша оценка:

  
  
   Yapon sheʼriyatidan Xoldor Vulqon tarjimalari.
  
   ******************************
  
  
  
   Xayku va tankalar:
  
  
   --------------------
   Xayku va tankalar haqida
   ---------------------
  
  
   Xayku va tankalarda koʼp qirrali nimkosa maʼno, kinoya, fisqu fasod, falsafiy mazmun mushoxadalar yoʼq.Bu ixcham poetik janr goʼzal tabiat manzaralarini, yoxud narsalar xolatini, yoki odamning muayyan ruhiy kayfiyatini aks etdirish orqali oʼquvchiga xayrat bagʼishlash, osuda tonglar kabi toza tuygʼular baxsh etish sanʼatidir.Xayku va tankalarda aks etdirilgan manzaralarni koʼz oldingizga keltira olsangiz, togʼdagi qishloqda oy chiqishini sargʼayib kuzatayotgan dexqonlar holatini,butazorlar ortidan ohista koʼtarilayotgan toʼlin oyni koʼrayotganday, chigirtkalar chirillashini eshitayotganday, boʼlasiz.Tahayyul va tahayyur shuʼlalariga yoʼgʼrilasiz.Quyida bundan olti asr avval yozilgan yapon xaykularini va tankalarini oʼz tarjimam orqali hukmingizga havola qilaman.
  
  
   ----------------------------------------
   Xoldor Vulqon. 1983 - 2013 yillar.
   ----------------------------------------
  
  
  
   Xaykular.
  
  
  
   -----------------------
   Matsuo Basyo
   ---------------------
  
  
   ***
   Qorli tong.
   Yana quritilgan baliqni
   yeyman shekilli yolgʼiz bir oʼzim.
   --------------------------
  
  
   ***
   Dengiz suvida suzib yurar
   mayda yaltiroq baliqchalar.
   Tutaman desang, yoʼq boʼlib qolishar.
   ------------------------
  
  
   ***
   Shu qoyadan turib,
   koʼm - koʼk dengizga
   qalpogʼimni uloqtiraman!
   --------------------------
  
  
   ***
   Qishki dala.
   Uzoqlarda yurar dexqonlar
   qolgan - qutgan choʼplarni yigʼib.
   ----------------------------------
  
  
   ***
   Sochim oʼsibdi.
   Ozib ketdim, rangim olingan
   bugʼu oyidagi yomgʼir toʼxtamas.
   ---------------------------
  
  
   ***
   Banan yaproqlari soʼlgʼin.
   Oyning porlab chiqishini
   sargʼayib kuzatar dexqonlar.
   -------------------------
  
  
   ***
   Yoʼllar toygʼoq muzlama.
   Аttang, toyib yiqildi
   shirakayf doʼstim.
   ---------------------------
  
  
   ***
   Oʼlgan oʼgʼlin eslab yigʼladi ota.
   Soʼnayotgan gulxan choʼgʼlari
   oʼchib qoldi uning koʼzyoshlaridan.
   ---------------------------
  
  
   ***
   Egnimdagi qogʼoz koʼylagimni
   ivitib yirtibdi
   bahor yomgʼiri.
   --------------------------
  
  
   ***
   Muzlagan olabugʼa baliqlari
   irjaytirib yotar tishlarin
   sovuq doʼkon peshtaxtasida.
   ------------------------
  
  
   ***
   Qaydasan, ey mening tayanchim?
   Xassa qilib olgan choʼpagimni
   sindirdi kuzgi shamol.
   ----------------------------
  
  
   ***
   Ufqlarga botmoqda quyosh.
   Kuzgi daryo suvlarida
   yaltillaydi mayda baliqlar.
   --------------------------------
  
  
   ***
   Choponim yupqa.
   Kun boʼyi oʼtirib, undagi bitlarni
   terib oʼldirdim.
   ---------------------------
  
  
   ***
   Juda qalin qor yogʼibdi.
   Endi Xakbinz togʼidan
   qanday oshib oʼtar odamlar?
   --------------------------
  
  
   ***
   Yosinodagi gullagan giloslarni
   koʼrsataymi senga,
   mening qalpogʼim?
   --------------------------
  
  
   ***
   Oxir quvib yetdim nihoyat,
   oʼtgan bahorni
   olis "Vaka" bandargoxida.
   ------------------------------
  
  
   ***
   Voy bayov!.. Voy bayov!..
   Yana nima deyish mumkin siz haqingizda
   Yosinodagi gullagan giloslar!
   -----------------------
  
  
   ***
   Ustunlariga has - xashak ilingan
   koʼprik hayrlashayotir
   toʼlin oy bilan.
   -------------------------
  
  
   ***
   Qaydan keldi bu yalqovlik?
   Bugun arang uygʼotishdi meni,
   shovullaydi bahor yomgʼiri.
   ------------------------
  
  
   ***
   Quvonchla boqamiz yonarqurtlarga,
   qayiqchidan umid yoʼq, u mast.
   Toʼlqinlar qayiqni surib bormoqda.
   ---------------------------
  
  
   ***
   Oydin qish kechasi,
   qor bosgan yoʼllar.
   Itga otay desam topilmaydi tosh.
  
  
  
   --------------------------
   Kobayasi Issa
   ------------------------
  
  
  
   ***
   Kechib oʼtdim sayoz va toshli,
   feruzarang daryo suvlarin,
   shippagimni qoʼlimga olib.
   ----------------------------
  
  
   ***
   Oydin kecha.
   Tiniq sholipoya suvida
   oqib yurar gilos gullari.
   ---------------------
  
  
  
   Kovaxigasi Xekigado
   ----------------------
  
  
  
   ***
   Suzayotir qora kemaday,
   sekin asta bulutlar aro
   togʼning choʼqqisi.
   ----------------------------
  
  
   ***
  
   Shilliqqurtning sira
   chigʼanogʼidan chiqqisi kelmas.
   Kuzgi shamollar...
   --------------------
  
  
  
   Masaoka Siki
   -------------------
  
  
  
   Gullagan Yamabuka soyasi.
   Suv solingan qovoqda
   biltanglaydi kumushrang baliq.
   ---------------------
  
  
   ***
   Kimsasizlik.
   Daraxt ostidagi shaloq oʼrindiqda
   qaragʼayning igna barglari.
  
  
  
   ------------------------
   Nayto Meysetsu
   -----------------------
  
  
  
   ***
   Qaytarib keladi oʼz ovozimni
   yana oʼzimga
   kuzgi boʼronlar.
   --------------------------
  
  
   ***
   Yurmayotgan otining
   jilovidan tortar zoʼr berib
   aravakash sovuq kechada.
   --------------------------
  
  
   ***
   Eshitilar oyna ortidan
   dexqon ketmonining chiqirlashlari.
   Shudgorda tosh koʼp.
   --------------------
  
  
   ***
   Zilol suvli daryoda,
   lapanglab oqmoqda
   suvga qulatilgan xodalar.
   -------------------------
  
  
   ***
   Tutunlarda koʼrinmay ketar
   sargashta roxib.
   Olislarda qoʼngʼiroq tovushi...
   -------------------------
  
  
   ***
   Chugʼurchuqlar galasi
   uchib oʼtdi tepamdan.
   Eshitdim qanotlar shuvillashini.
   -----------------------
  
  
   ***
   Menga sovgʼa berishdi.
   Oltin baliqchani olib ketyapman
   suvli qovoqda.
   ------------------------
  
  
   ***
   Qish yomgʼiri.
   Hamma narsa jim.
   Qirgʼoqdagi qayiq ham hatto.
   ------------------------
  
  
   ***
   Goʼyo kapalaklarni oldiga solib,
   xaydab kelayotganga oʼxshar
   soʼqmoqdagi yoʼlovchi.
   ----------------------------
  
  
  
  
   Taneda Santoka
   -----------------------
  
  
   ***
   Shunday ketmoqdaman,
   soʼzanakni qalpogʼimga
   qoʼndirganimcha.
   ---------------------------
  
  
   ***
   Yolgʼiz oʼtiribman,
   romga yelimlab
   yangi qogʼozni.
   -----------------------------
  
  
   ***
   Qanday va qayoqdan qaramayin,
   hamon yogʼayapti toʼxtamay,
   yogʼayapti qor.
   --------------------------
  
  
   ***
   Chirildoqlar chirillar.
   Berkinishning iloji yoʼq
   bu tovushlardan.
   -----------------------------
  
  
   ***
   Uchyapti, hamon uchayapti
   kuzgi daraxtlarning sargʼaygan
   yaproqlari sovuq shamolda.
   --------------------------------
  
  
   ***
   Dam olib yotgan chogʼim
   qip qizil soʼzanak
   oyogʼimga qoʼndi oʼtloqda.
   ---------------------------
  
  
   ***
   Yaxshilab chaynash kerak,
   xafsala bilan.
   Guruch bu guruchda...
   ---------------------------
  
  
   ***
   Boʼkib sake ichib, mast boʼlib,
   chirildoqlar bilan birga
   uxlab qolibman.
   ----------------------------
  
  
   ***
   Yozgi sel shovqini.
   Yillar oʼtishi bilan men kabi
   sel ham qaribdi.
   -------------------------
  
  
   ***
   Аyozli qish kechasi,
   sovuq izgʼirin.
   Men qaerda tunayman endi?..
   ---------------------------
  
  
   ***
   Qayoqqadir shoshar
   sovuq bulutlar
   cheksiz osmonda...
   ------------------------------
  
  
   ***
   Dalada izgʼirin.
   Toshlarni teraman
   kuzgi shamolda...
   -------------------------
  
  
   ***
   Qanday ivib ketdima
   boyagina huv anavi,
   bulutlardan yoqqan yomgʼirda!..
   ------------------------
  
  
   ***
   Uziliksiz kavshanaman.
   Mening ovqatim -
   guruch kepagi.
   ----------------------
  
  
   ***
   Hoy, noinsof chigirtka,
   xaltadagi guruch oʼzi oz,
   ertagacha yetsin...
   --------------------------
  
  
   ***
   Yemoqqa ovqat yoʼq.
   Kuzataman quyoshni gʼamgin
   baland, olis togʼlar ortiga...
   ------------------------
  
  
   ***
   Yolgʼiz, begʼam, oppoq kapalak
   Uchib aylanmoqda pildirab.
   Hamma yoqda tosh.
   --------------------------
  
  
   ***
   Kulbam ayvonida yolgʼiz oʼltirib,
   rohatdan koʼzlarim yumib, kavshanib,
   "Uembosi" qiyomin yeyman . . .
   -----------------------------
  
  
   ***
   Yolgʼiz va sokin
   jim - jit oʼngirlarning
   shaffof tonglari . . .
   -------------------------------
  
  
   ***
   Iyulь jalasi.
   Oʼprilib ketdimi deymanda,
   osmon toʼgʼoni . . .
   -------------------------
  
  
   ***
   Xotiralar uchib kelar
   qaydandir birdan
   oppoq yuvosh kapalak bilan . . .
   ---------------------------
  
  
   ***
   Аtrof togʼ, qaragʼay oʼrmoni.
   Toshni yostiq qilib yotibman.
   Shosha pisha suzar kuzgi bulutlar. . .
   ----------------------------
  
  
   ***
   Tungi ibodatxonada
   tongacha mushuk
   oʼynadi parvona kapalak bilan.
   ----------------------------
  
  
   ***
   Yoʼlda kasal boʼlib qoldim.
   Mana endi tungi zulmatda,
   tinglayapman sel shovqinini . . .
   ---------------------------
  
  
   ***
   Qorongʼi tushdi.
   Endi oydin togʼlardan
   axtaraman tunamoqqa joy.
   -----------------------------
  
  
   ***
   Naxot shu kul qolgan boʼlsa
   yoqib yuborilgan kundaligimdan ?. . .
   ----------------------------
  
  
   ***
   Tong pallasi yirik tomchilar
   nogʼora qilib chalar
   pastakkina kulbam tomini.
   --------------------------
  
  
   ***
   Meni burga chaqib, uxlatmayapti,
   yulduz toʼla bepoyon osmon . . .
   --------------------------
  
  
   ***
   Dengizlarga tikilganimcha
   sohildagi oʼtloqda
   boʼshanaman , xojat qilaman.
   ----------------------
  
  
   ***
   Kuzgi shamollarda
   Ot sugʼoraman . . .
   -------------------------
  
  
   ***
   Choʼchqa menga tikildi.
   Qiziqishdan ochilgan ogʼziga
   kirmoqda kuzgi shamol .
   -----------------------------
  
  
   ***
   Kun boʼyi yomgʼir yogʼdi .
   Men oʼyladim hasratga choʼmib ,
   olislarda qolgan Vatanimni.
   -------------------------
  
  
   ***
   Buncha ham mazali
   boʼlmasa guruch .
   Kavshanaman bir oʼzim oʼychan.
   -----------------------
  
  
   ***
   Oftob qizdirmoqda
   ustarada taglab qirilgan
   taqir boshimni...
  
  
  
  
   -------------------
   Isikava Tokuboku
   ---------------------
  
  
  
   ***
   Turgenevning romanini
   poezdda oʼqib ketayotib,
   "Isikari" dan oʼtib ketibman.
  
  
  
   ----------------------
   Midzuxara Syuosi
   ---------------------
  
  
  
   ***
   Qishloq uzra gʼamgin porlagan oyni,
   tomosha qilmas hech kim.
   Barcha sholi oʼrimida . . .
   -----------------------------
  
  
   ***
   Olmalar gullagan.
   Boyagina yoqqan bahor selidan keyin,
   oppoq gul qopladi sohil suvlarin.
   --------------------------
  
  
   ***
   Oy porlar .
   Qayinlar soyasi sezilmas ,
   tumanlarga choʼmgan qayinzor.
   ---------------------------
  
  
   ***
   Bahorni kuzatayapman
   yomgʼirlarda shalobbo ivib,
   bulutlar bilan yuzma - yuz , togʼda.
   ---------------------------------
  
  
   ***
   Yomgʼirli kun.
   Oqin boʼylab oqar xrizantemalar
   koʼrinmaydi bironta qayiq.
   -------------------------------
  
  
   ***
   Choy gullaydi baland qoyada.
   Shom zulmati qoplagan togʼlar.
   Olislardan koʼtarilar oy.
   -------------------------
  
  
   ***
   Qaldirgʼochlar chiyillab uchar,
   gir aylanib, togʼdagi kulbamning,
   tomi ustidan.
   -------------------------
  
  
   ***
   Xagi gullayotgan
   Аsama togʼiga chiqaman
   bulutlarni goʼyoki qayrib . . .
   --------------------------
  
  
   ***
   Baland jarlar aro, toʼlqinlar uzra,
   chagʼalaylar ini yonida
   olxoʼri gullar . . .
   ------------------------
  
  
   ***
   Berkinadi oʼt - oʼlan ichra
   tunash uchun oʼtloq kakkusi ,
   yaqinlashar tun . . .
  
  
  
   -----------------------
   Аkutagava Ryunoske
   ---------------------
  
  
  
   ***
   Mana tong otdi.
   Qoʼshigʼini toʼxtatib, birdan ,
   chirildoq jimib qoldi.
   --------------------------
  
  
   ***
   Togʼ etaklarida
   yumilib qolibdi sovuq ayozdan ,
   choy gʼunchalari.
   -------------------------
  
  
   ***
   Qishki yomgʼirlar.
   Kanal qirgʼogʼidagi choyxonada
   yolgʼiz bir mehmon . . .
   ---------------------
  
  
   ***
   Bogʼ yoʼlakchasidagi
   koʼlmakda aks etar.
   Аzaliya gullari . . .
  
  
  
   ------------------------
   Natsume Soseki
   ------------------------
  
  
   ***
   Men kasal yotgan xonaning
   bambuk pardasiga ohista qoʼndi
   kuzgi kapalak.
   ------------------------------
  
  
   ***
   Kuzgi daryo, baland sohillar.
   Daryo uzra aks - sado yangrar.
   chayla qurishyapti uzoqda.
  
  
  
  
   ----------------------
   Iida Dakotsu
   -----------------------
  
  
  
   ***
   Pechka eshikchasin ochib, qarasam,
   koʼmir oxista, istamaygina,
   "qraq, qraq" etib, yonmoqda ekan. . .
   -------------------------------
  
  
   ***
   Shamolda chayqalib, jaranglar
   eshikka osilgan mitti qoʼngʼiroq.
   Аnor gullabdi . . .
   ----------------------------
  
  
   ***
   Pashshaxonaga kirib yotibman.
   Soʼnayotir kuzgi saharda
   oʼchoqdagi kechagi choʼgʼlar . . .
   --------------------------------
  
  
   ***
   Qor koʼmib tashladi
   barcha yoʼllarni.
   Isinaman oʼchoq oldida yolgʼiz . . .
  
  
  
   --------------------
   Nayto Meysetsu
   ----------------------
  
  
  
  
   ***
   Shaffof suvda
   qilt etmaydi mudroq baliqlar.
   Kuzgi shamol . . .
   -------------------------
  
  
  
   Takaxama Kyosi
   ----------------------
  
  
   ***
   Guvillagan sovuq shamolni,
   koʼksim bilan qarshi olib .
   bir zumga unutdim qariganimni . . .
   ----------------------------
  
  
   ***
   Hademay jimib qolar
   oʼtinchining boltasi togʼda.
   Kuzgi yomgʼirlar . . .
   ----------------------------
  
  
   ***
   Loyqalatib ariq suvini,
   dexqon sholgʼom yuvar
   hafsala bilan . . .
   -----------------------------
  
  
   ***
   Birinchi qish yomgʼiri.
   Mening yuragimda umrbod
   qolar endi u . . .
   -------------------------------
  
  
   ***
   Boshim uzra uchib oʼtdi qush,
   tumshugʼida nimadir choʼqib.
   Meva shekilli . . .
   ----------------------------
  
  
   ***
   Mana , yana bitta chinor novdasi,
   yaproqlarin toʼkib, yalangʼochlandi . . .
   Suv quyganday jim jit chor taraf.
   ---------------------------
  
  
   ***
   Baland togʼ yonbagʼirlaridan turib,
   oʼtinchilar oʼychan termulib qarar,
   vodiydagi qolgan qutgan qorlarga . ..
  
  
  
   ----------------------
   Kovaxigasi Xekigado
   ----------------------
  
  
  
   ***
   Oyogʼim ostida oʼralashib ,
   oʼsib yotgan maysalar aro
   chiyillaydi mitti joʼjalar.
   -------------------------
  
  
   ***
   Men tun boʼyi xayku yozaman.
   Kamsuqumgina xotinim esa,
   kiyimini yamab - yasqaydi . . .
   -----------------------------
  
  
   ***
   Oʼtloqqa chiqaman.
   Qizgʼaldoqlar toʼzgʼir shamolda
   va suqsirlar uchib oʼtar sarosar. . .
   -------------------------
  
  
   ***
   Kartoshka qaynataman.
   Goʼyo qaydadir, koinotning boʼshliqlarida
   yigʼlar bolakay . . .
   -----------------------------
  
  
   ***
   Qoraygan oʼchoq moʼrisi uzra
   aylanadi inga joy izlab
   qaldirgʼochlar bahorda . . .
   ----------------------------
  
  
   ***
   Qishloqda bayram,
   qirmizi fonuslar yonar.
   Boʼkiradi bugʼu zulmatda . . .
   -------------------------
  
  
   ***
   Suv charxpalagin aylantirishdan,
   charchab holdan toydi odamlar
   sholi ekish mavsumida . . .
   --------------------------
  
  
   ***
   Bugʼda pishirilgan sholgʼomni
   Suzmaga qoʼshib yeb,
   oʼltirdim gʼamgin . . .
   ---------------------------
  
  
   ***
   Sovuq suyagimdan oʼtib ketdi.
   Choshgox payti sohilda
   qaragʼaylar aro daydiyman hamon.
  
  
  
  
   -----------------------
   Isikava Takuboku
   ------------------------
  
  
  
   Kasalxona derazasiga
   yaqin olib kelishdi meni.
   Odamlarni koʼrib, quvondim.
   -----------------------
  
  
   ***
   Oxiri uloqtirdim
   kuya yegan telpagimni men.
   Olti yil kiydim uni.
  
  
  
  
   -------------------
   Toki Dzemmaro
   ------------------
  
  
  
   ***
   Uzoqlarni koʼrsatdim barmogʼim bilan,
   u yoqlarda, u oʼlkalarda
   oqib yotar Volga daryosi.
   -------------------------
  
  
   ***
   Uziliksiz, xuddi telbadek,
   oʼylayverdim achchiq tamaki chekib,
   olis Sibir qorlari haqda.
   ------------------------
  
  
   ***
   Qayta - qayta oʼqiyman koʼzlarimda yosh,
   yurakka yaqin Turgenevning bu kitobini.
   Muqovasi sargʼayib ketgan...
   ------------------------------
  
  
   ***
   Oh, necha bor oʼchdi papiros choʼgʼi,
   hasratli oʼylar -
   achchiq Rus tamakisi, qish...
   -------------------------
  
  
  
   ---------------------
   Nasivaki Dzyundzaburo
   ---------------------
  
  
  
   Kuzgi daryo qirgʼogʼi.
   Uzun uzun oʼt - oʼlan ichra
   baliq tutar qarmoqda kimdir.
  
  
  
  
   ----------------------
   Masaoka Siki
   ----------------------
  
  
  
   ***
   Chirildoqlar chirillar,
   ammo ming afsus
   quloqlari kardir otamning...
   ----------------------------
  
  
   ***
   Qishloqdan shaharga kelib,
   gullagan gilosni tomosha qilayotgan
   dexqon hamyonini kesib ketishdi...
   -------------------------------
  
  
   ***
   Rangpar oy.
   Mening birdan
   tarvuz oʼgʼirlagim keldi negadir.
   --------------------------
  
  
   ***
   Oʼgʼrini tutib,
   simyogʼochga bogʼlab qoʼydilar.
   Tungi ayoz...
   ------------------------
  
  
   ***
   Qish oqshomi.
   Xovuzdagi oʼrdaklar ustiga
   qor yogʼayotir.
   ----------------------------
  
  
   ***
   Shom payti qiynalib yurib,
   fonusni osdim
   gullayotgan gilos shoxiga...
   -------------------------
  
  
   ***
   Tumanlarning qaʼridan chiqdim.
   Ehhe, qanchalar buyuk dengiz
   roʼparamda yastanib yotar!
   -----------------------------
  
  
   ***
   Yozgi daryo.
   Koʼprik boru lekin,
   otlar oʼtar sayoz kechuvdan...
   -------------------------------
  
  
   ***
   Odamlar koʼpchilik boʼlib,
   yotib olgan kema saxniga.
   Porlar yozgi oy...
   -------------------------
  
  
   ***
   Ortimga oʼgrilgan paytim,
   hozirgina yonimdan oʼtgan yoʼlovchi
   tumanlarda koʼrinmay ketdi...
   -----------------------
  
  
   ***
   Qayiqdan, koʼpriklardan
   kir yoyadigan joydan,
   hamma yoqdan qararlar oyga...
   ------------------------
  
  
   ***
   Bahor oqshomi.
   Kimdir oʼtdi yonimdan
   sibizgʼa chalib...
   --------------------------
  
  
   ***
   Qanday qaygʼuli koʼrinish!
   Oʼrgimchak toʼriga
   kapalaklar ilinib yotar...
   --------------------------
  
  
  
  
   --------------------
   Saygyo sheʼriyatidan:
   Tankalar
   ---------------------------
  
  
  
   ***
   Duvillab toʼkildi
   uzun uzun oʼt - oʼlanlardan.
   billur shudringlar.
   Kuzgi shamol guvillar
   Myagino dalalarida.
   -----------------------------
  
  
   ***
   Kech kuzak osmoni,
   qosh qoraygan on,
   arang - arang yaltirab,
   koʼrindi nihoyat uzoq kutdirgan,
   sogʼintirgan oy.
   --------------------------------
  
  
   ***
   Endi qandoq qilaman men,
   koʼylagimning namchil yengida
   yalt etdi shuʼla.
   Botib ketdi bulut ortiga
   kuzgi mayus oy.
   ------------------------------
  
  
   ***
   Kuz oqshomi, oydinda
   yoprildi bulutlar
   oy yuzin toʼsmoq uchun.
   Yoʼq, koʼzlarimni aldabdi
   gʼozlar galasining koʼlankalari.
   ------------------------------
  
  
   ***
   Osmonda oy yoʼq.
   Chiqarmikin u ?
   Men ayvonda oʼltirganimcha
   uzoq kutdim, juda ham uzoq
   oy chiqishin togʼli qishloqda.
   ------------------------
  
  
   ***
   Kunduzgiday yop - yorugʼ kecha
   koʼlankam ham koʼrinmas.
   Oy yaraqlab porlar
   borar manzilimni angladim
   qoʼngʼiroqlar tovushidan.
   --------------------------------
  
  
   ***
   Shudringlarin toʼkmay,
   uzib oldim men
   gullagan Xagi butogʼini,
   chigirtkalar qoʼshigʼin tinglab
   oy yorugʼida.
   -------------------------------
  
  
   ***
   Qora siyox bilan yozilgan
   xatlarga oʼxshab
   gʼozlar qanot qoqib,
   gʼogʼolab uchar
   tungi osmonda.
   ----------------------------
  
  
   ***
   Oʼt - oʼlanlarni qayrib,
   yurdim qaygʼuga botib.
   Shudringlardan ogʼirlashdi
   koʼylagim yengi.
   Chigirtkalar menga qoʼshilib yigʼlar.
   ---------------------------------
  
  
   ***
   Bahor tumanlari.
   Qayoqqa, qaysi tarafga
   uchib ketdi ekan qirgʼovullar?
   Ular tuxum qoʼygan oʼtloqqa
   bolalar oʼt qoʼyibdi...
   -----------------------------------
  
  
   ***
   Tuman qoplagan dala.
   Oʼraman oʼt - oʼlanni.
   Tumanlar qaygʼuli.
   Bolaligim berkinib olgan
   huv olisda , tumanlardan ham narida.
   --------------------------------
  
  
   ***
   Tumanli tepaliklar tomonga
   berkingan qirgʼovullar.
   Uzoq - uzoqlardan
   qanotlar sharpasi
   sezilar menga...
   ------------------------------
  
  
   ***
   Tinchim yoʼqolgan mening.
   Tinimsiz oʼylayman, qaysi oʼngirda
   qaysi togʼ yonbagʼirida
   qaysi olcha
   gullar ekan birinchi boʼlib?..
  
  
  
   -----------------------
   Vakayama Bokusiy yozgan tankalar
   ---------------------
  
  
   ***
   Vulqon poyida oʼsgan
   qaragʼay oʼrmoni tepasida oy
   kumush shuʼlalar taratgan kecha
   tun boʼyi tinmay
   sayradi kakku.
   ------------------------------------
  
  
  
   ***
   Eski kvartalda,
   ufqdagi shom bulutlariga
   qarab toʼymayman .
   Kechki soat vaqtin xabarlab,
   jom chaladi ibodatxona.
   -------------------------------
  
  
   ***
   Sajdagoxdan tushaman ,
   zinama - zina yurib, ohista
   va quyuqlashayotgan zulmatda
   butun vujudim bilan
   his qilaman bu kuz , bu tunni . . .
   --------------------------
  
  
   ***
   Shom hasrati choʼkkan kulbada
   qirmiz koʼmirlarga sochsang
   ozgina sake,
   hushboʼy koʼkatlarning xidiga
   toʼlib ketar oʼshanda xonang .
   -------------------------
  
  
  
   ***
   Uzoq uzoqlarda qorli choʼqqilar.
   Haybatli qoyalar poyida esa
   shovullaydi dolgʼali dengiz.
   Qirgʼoq boʼylab sayr qilaman
   bahor quvonchiga toʼlib vujudim.
  
   ---------------------------
  
  
   ***
   Yarim kecha oydinda yolgʼiz
   kulbamga qaytaman.
   Soʼng zinapoyada toʼxtayman,
   yengimdagi archa ignabarglarin
   qoqib tushirmoq uchun.
   ----------------------------
  
  
  
   ***
   Bulutlar tarqadi.
   Men Аsama choʼqqisidagi
   soʼqmoq uzra yuribman daydib.
   Vulqon moʼrisi ustida
   bulut parchasiga oʼxshagan tutun.
   ----------------------------------
  
  
   ***
   Termulaman koʼm koʼk dengizga,
   eshitaman suvlar shovqinin.
   Toʼlqinlar qoyaga oʼzini urar,
   goho koʼkka sapchib , gohida pastlab,
   yuragimni toʼldirar gʼamga.
   --------------------------------
  
  
   ***
   Dud burqsigan loypaxsa oʼchoq.
   Tutun xidi kelar
   kurujkadagi qaynoq suvdan.
   Togʼdagi qishki kulbada sovir
   gʼaribgina kechki ovqatim.
   ---------------------------
  
  
   ***
   Daraxt shoxlari aro
   porlaydi qishki quyosh.
   Yuzlarimni ohista silar
   uning xorgʼin nurlari.
   Yoritadi , lekin isitmas !
   ------------------------------
  
  
   ***
   Men uzoqqa ketdim .
   va dengiz sohilida
   tunamoqchi boʼldim.
   Endi yotgan edim, yarim kechasi.
   Sharros quydi daxshatli jala.
  
  
  
  
   ---------------------
   Yosii Isamu
   --------------------
  
  
  
   ***
   Havoda suzadi tamaki xidi,
   oydin kecha, kimsasiz yoʼllar.
   Jubbamga burkanib, yuribman, daydib
   qingʼir - qiyshiq jinkoʼchalarda.
   Gion xavosidan simirib yolgʼiz . . .
   ----------------------------
  
  
   ***
   Poytaxtda ayoz.
   Muzlab qolmadimikan uchib ketayotib
   qoʼngʼiroqlar jarangi?..
   Аsta valdirayman
   sovib qolgan sake ustida . . .
   ---------------------
  
  
   ***
   Bilganimda edi, oʼshal derazadan
   tumanli zulmatlar aro porlagan
   fonusning xira va xorgʼin yogʼdusi aro
   oydin sukunatda oynasin asta
   taqillatgan boʼlardim albat.
   -----------------------------
  
  
   ***
   Nahot hech kim kelmas oʼlganimdan soʼng
   soʼppayib yotgan yolgʼiz qabrimni
   ziyorat qilmoqqa, koʼz yoshi toʼkib?
   Oʼlganingdan keyin unutilishingni
   Oʼylamoq qaygʼuli . . .
   --------------------------------
  
  
   ***
   Eshitdim , Bokusiy tark etibdi
   oxiri bu telba dunyoni.
   O, kuz bunchalar mayus va gʼarib,
   hattoki yurt ba yurt daydib yursamda,
   hatto yeb - ichsamda, huzurlansamda ! . .
   -----------------------------
  
  
   ***
   Kamdan - kam odamga nasib qiladi
   totib namxush qaygʼuni -
   lablar bilan his qilmoq
   tinimsiz ichilgan sake taʼmini
   hayot va mamotning chegarasida . . .
   ------------------------------
  
  
   ***
   Fevralь oyi oxirlab borar,
   olis momaqaldiroq tovushi -
   bahorning ilk aks - sadosi.
   Krab chigʼanogʼida Sake qaynatyapman
   dengiz sohilida bir oʼzim, yolgʼiz.
   -----------------------
  
  
   ***
  
   Qaerda , qanday va qachon ,
   tark etarkinman bu dunyoni men.
   Men hayotim haqida oʼylayman,
   oʼylayman oʼlimim haqida uzoq
   oydin Ino tekisligida.
   ---------------------------
  
  
   ***
   Iztirobli oʼylar ogʼushida jim
   oʼchoqqa oʼt qalayman, puflayman tutun
   va tun boʼyi bedor oʼltirib,
   hasratli bexudud oʼyga choʼmaman,
   qizargan koʼmirlarni kovlab, agʼdarib . . .
  
   --------------------------
  
  
   ***
  
   Sening fikringa qoʼshilmagan
   odamlarni savalash shartmi?
   Yaxshisi qoʼlinga tolxivich olib,
   oʼz - oʼzingni ayovsiz savalab,
   momataloq qilgan yaxshiroq . . .
   ---------------------------
  
  
   ***
   Hasratli qaygʼular!
   Bugun yana oʼchoqdagi koʼmir choʼgʼida
   sake isityapman bir oʼzim yolgʼiz.
   Kundan kun tobora qishga
   singib borayotir Nirao darasi . . .
  
  
  
  
   ---------------------
   Ito Satio
   ---------------------
  
  
  
  
   ***
   Men yomgʼirli tunda
   pion gullarini sogʼinib ketdim .
   Soʼng toshfonarni yoqib, ohista
   tashqariga chiqdim, pion gullarini
   koʼrib kelmoqlik uchun.
   ----------------------
  
  
  
   ***
   Koʼrayapman - tosh ustin yopib,
   va daraxtlar poyini qoplab,
   goʼyo birgalashib, yigʼilib,
   hamkorlikda chirpiramoqqa
   hozirlanar bargi xazonlar . . .
   ------------------------
  
  
  
   ***
   Xorigan yer, charchagan osmon
   tong otguncha uyquga ketar.
   Zulmat quyuqlashar
   va bepoyon dengiz ustidan
   begʼamgina koʼtarilar oy . . .
  
  
  
   --------------------
   Simaki Аkaxiko
   --------------------
  
  
  
   ***
   Gullayotgan oʼtloqlar aro
   oʼt - oʼlanli soʼqmoqdan yurib,
   yetib keldim bugʼdoyzorga men.
   Va xoʼrsinib, dedim: -Jim - jitlik!
   oʼrdak gʼaqilladi menga javoban . . .
   -------------------------------
  
  
   ***
   Yarim kecha
   quyuqlashgan tumanlar aro
   sizar yogʼdular
   va sirgʼalgan oy shuʼlasida
   gʼira - shira jilvalanar suv . . .
   ----------------------------------
  
  
   ***
   Oʼrmon sayxonligidagi
   uzun uzun oʼt -oʼlan oʼsgan oʼtloqda
   oʼylanib oʼltirib, yolgʼiz bir oʼzim
   togʼli oʼlka bilan xayirlashyapman.
   Qaygʼuli va ogʼir bu yurak uchun.
   --------------------------------
  
  
   ***
   Chiroq shuʼlasiga talpinganicha
   parvonalar aylanar uchib.
   Uyda, men bilan yonma - yon,
   bolalarim uxlar
   eski - tuskilarga oʼranib, qotib . . .
   -------------------------------
  
  
   ***
   Yomgʼir tindi, yorishdi osmon.
   Shundan boʼlsa kerak,
   havo toza, muzdek musaffo.
   Guruch qogʼozining qirgʼoqlarida ,
   yonib tugayotir botish shuʼlasi . . .
   ------------------------
  
  
   ***
   Jim kimsasiz tungi koʼchalar.
   Soʼngan kullar qurumi bosgan
   oʼchoq moʼrisining qirgʼoqlarini
   qirov bilan bezar
   izgʼirin ayoz . . .
   ------------------------
  
  
   ***
   Uzoq uzoqlardan, zulmat qaʼridan
   elas elas eshitilar quloqqa
   toʼlqinlarning boʼgʼiq shovqini.
   Daraxtlar soyasi choʼzilib yotgan
   oydinda raqs tushar dexqonlar.
   ------------------------------
  
  
  
   ***
   Yozayapman , yozayapman ,
   qorongʼi tushsa ham oy shuʼlasida.
   Hatto chiroqni yoqish uchun ham
   oʼrnimdan turgim kelmas.
   Yolgʼiz qarshilayman oqshomni shunday . . .
   -------------------------------
  
  
  
   ***
   Dalalarda erib ketdi qor,
   qoʼngʼir tuproq yalongʼochlandi
   va osilib turar yer uzra
   botayotgan quyosh lappagi.
   Koʼrinishi kichik va sovuq . . .
  
  
  
  
   ---------------------------
   Nagatsuka Takasi
   --------------------------
  
  
  
   ***
   Dala ortidagi zovurda
   boshlarini chiqarib suvdan
   baqalar kuylaydi.
   Bahorgi oʼrmonlarda esa
   kalinalar gullabdi oppoq .
   --------------------------
  
  
   ***
   Uy oldidagi bogʼda
   sukunatli sokin tumanlar.
   Tongi gʼira - shirada
   badyan shoxlaridan toʼkilgan
   xazonlarni supuraman jim.
  
   -----------------------------
  
  
   ***
   Loviya palaklari
   yigʼishtirib olingan.
   Kuzgi daladagi
   toʼrsaygan kulrang tikanlar aro
   chigirtkalar chirillar gʼamgin . . .
   ---------------------------
  
  
   ***
   O ,Kameliya guli ,
   muzlab sovqotding ,
   sovuq shamolda.
   Senga xech kim achinib boqmas .
   Oʼxshash bizning taqdirlarimiz . . .
   -----------------------------------
  
  
   ***
   Bugun tunda jarangdor
   ovoz bilan kuylar chirildoq.
   Qaerdadir shu yaqin atrofda -
   balki , misol uchun , oshxonada , yoki
   sabzovot solingan toʼrvada kuylar. . .
  
  
  
  
   ---------------------
   Koidzumi Tikasi
   ----------------------
  
  
  
   ***
   Botayotgan kunning shuʼlasi
   qirmizi yongʼinday shomgi togʼlarda.
   Bambuklarning qoraygan
   soyalari esa aks etar
   qogʼoz devorda . . .
   -----------------------------
  
  
   ***
   Qoʼshnilar meni
   bugʼli xammomida choʼmilish uchun
   taklif qilishdi.
   Qaytayotib osmonga boqdim,
   uchqunlardi qor . . .
  
   ----------------------
  
  
   ***
   Qadrdon doʼstimni
   ziyorat qilgani bordim.
   Juda erta ochilibdi
   oppoq moychechaklar
   chetan devorli bogʼlarda.
   ---------------------
  
  
   ***
   Fonarni oʼchirib
   boraman tong sahar chogʼi
   va koʼraman olisda
   oppoq tumanlar bulut singari
   yumalanib suzar yer uzra . . .
  
  
  
  
   ---------------------
   Syaku Tyoku
   ---------------------
  
  
  
   ***
   Boʼm - boʼsh yoʼl .
   quyiladi atrofga jimlik.
   Qichishadi burun katagim
   yoqilgan gulxanning achchiq dudidan.
   Choy qaynatmoqdaman . . .
   ------------------------
  
  
   ***
   Qalbda xotirjamlik.
   Bahor boʼronidan soʼng
   hamma narsa tinchlandi, mana.
   Eshitila boshladi koʼchada yana
   yogʼoch kovushlarning toʼqillashlari . . .
   ---------------------
  
  
   ***
   Bulutlardan sizib oʼtayotgan
   oyning xira yogʼdusida
   toshayotgan daryo kechuvidagi
   sholipoyalar aro
   boʼqoq tortgan sholilar xidi . . .
   ------------------------
  
  
   ***
   Togʼdagi qishloq
   qor bosgan daraxtlar .
   oppoq osuda jimlik.
   Odam ham, it ham koʼrinmas
   qargʼalar yuribdi kulbam oldida.
   ---------------------
  
  
   ***
   Mana , yana qaytib keldim men,
   tomida oy porlab turgan oʼsha
   togʼdagi pastakkina kulbamga.
   Oshxonada yangrar qadrdon qoʼshiq .
   bu mening hamxonam - yolgʼiz chirildoq . . .
  
  
  
  
   ------------------------
   Xaykular
   -----------------------
  
  
  
   * * *
   Baland qoyadagi daraxtga yana
   ilinib qolibdi
   mening varragim . . .
   --------------------------------------
   Kobayasi ISSА .
  
  
  
   * * *
   Bahor seli.
   Okeanga quyilmoqda
   boʼtana suvlar . . .
   ---------------------------
   Yosa BUSON .
  
  
  
   * * *
   Oyning birinchi kuni , mening ushoqdek
   varragim boshqa varraklar bilan
   qoʼshilib likillar Edo* ustida . . .
   ---------------------
   * Edo- Tokioning eski nomi.
   Kobayasi ISSА .
  
  
  
   * * *
   Sel toshqini.
   Oh, qanchalar toʼlib oqmoqda
   qalʼa atrofidagi zovurlar !
   -------------------------------
   Masaoka SIKI .
  
  
  
   * * *
   Suv toshqini.
   Mushuk tushib ketdi oqimga
   Sakrab oʼtolmadi bechora .
   -----------------------------
   XORO
  
  
  
   * * *
   Bahor shamoli.
   Yutoqib - yutoqib suv ichar sichqon
   Sumida daryosidan . . .
   -----------------------------
   Kobayasi ISSА .
  
  
  
   * * *
   Аjoyib varrak koʼtarildi
   kambagʼalning tomi ustidan
   koʼm - koʼk osmonga . . .
   ----------------------------
   Kobayasi ISSА .
  
  
  
   * * *
   Qayiq ustida varaqlari
   tosh bilan bostirilgan kitob.
   Bahor shamollari esar . . .
   -----------------------
   KITO
  
  
  
   * * *
   Bahor shamoli .
   Turnalar oqarib xurpayar ,
   qaragʼaylar orasida . . .
   ----------------------------
   RАYDZON .
  
  
  
   * * *
   Xuddi odamlarday daydib yuribdi
   kaptarlar , chumchuqlar
   baliq ovi mavsumida .
   --------------------------------
   Kobayasi ISSА .
  
  
  
   * * *
   Baliq ovi mavsumida
   qisqichbaqa ishonqiramay
   oʼlchab yurar qumda oyoq izlarin . . .
   ---------------------
   ROFU
  
  
  
   * * *
   Sholi ekish mavsumi.
   Ox qancha qaygʼu, qancha tashvishlar
   quyilgan - a bu qoʼshiqlarga !
   ---------------------------
   Kobayasi ISSА .
  
  
  
   * * *
   Dexqon uxlar togʼ etagida,
   ketmonchaga boshini qoʼyib.
   Toʼrgʼay sayramoqda havoda.
   ------------------------------------
   Kobayasi ISSА
  
  
  
   * * *
   Sholipoya chopgani chiqdim .
   Qush ham sayrab qoʼymas aqalli
   togʼ yonbagʼrida . . .
   ----------------------
   Yosa BUSON .
  
  
  
   * * *
   Men bu yerni agʼdargunimcha
   ketib qopti dala osmonida
   suzib yurgan bir parcha bulut . . .
   -------------------------
   Yosa BUSON
  
  
  
   * * *
   Oqshom tutunlari.
   Nogʼoralar zirillar gulxan tomonda.
   Chalinadi quloqqa qoʼshiq . . .
   -----------------------
   RYoTА .
  
  
  
   * * *
   Kun uzoq choʼzilar.
   Koʼprikka qoʼnganicha turar tustovuq.
   Ketmaydi uchib . . .
   --------------------------
   Yosa BUSON .
  
  
  
   * * *
   Kun uzundan uzoq.
   Olisdan elas elas eshitiladi ,
   objuvozning xorgʼin gʼijiri . . .
   ---------------------------
   YaXА .
  
  
  
   * * *
   Uzoqda uchmoqda bir gala oʼrdak.
   Men ketmonchamni chayqayman.
   Gʼaq etadi nimadir suvda . . .
   ---------------------------
   Yosa BUSON .
  
  
  
   * * *
   Oʼtloq uzra tutun choʼzilgan.
   Vaysashmoqda bir narsalar deb
   ikkita biya . . .
   ----------------------------
   Kobayasi ISSА .
  
  
  
   * * *
   Eh sen bulbul!
   Olxoʼri gullariga
   Oyoqlaring loyin artayapsanmi?!
  
   -----------------------------
   Kobayasi ISSА .
  
  
  
   * * *
   Bulbul sayrayapti,
   har zamonda tashlab qahrli nazar
   mening kulbamga . . .
   --------------------------
   Kobayasi ISSА .
  
  
  
   * * *
   Dexqon ishlayotgan
   orol ustida ham
   toʼrgʼay qoʼshigʼi . . .
   --------------------------------
   Kobayasi ISSА .
  
  
  
   * * *
   Yashil javdarizor.
   Toʼrgʼay koʼtarildi dala ustiga
   soʼng yana pastladi . . .
   --------------------------
   ONITSURА .
  
  
  
   * * *
   Narsalarni yoruqqa qoʼyib,
   kuzataman soyalar tugʼilishini
   kuzgi choshgoxda . . .
   -------------------------
   KYoSI .
  
  
  
   * * *
   Tong yorishar.
   Qoʼngʼiroqlar ovozi
   tumanlarga belanar.
   -------------------------
   Matsuo BАSYo .
  
  
  
   * * *
   Kuz kechasi.
   Oʼraladi noʼnoq yoʼlovchi
   yupqa koʼylakka . . .
   ------------------------------
   Kobayasi ISSА .
  
  
  
   * * *
   Taralmoqda o - o - o - ou !
   Mungli chorlov aks - sadosi.
   Tun qoʼynida daydiydi bugʼu . . .
   -----------------------
   Matsuo BАSYo .
  
  
  
   * * *
   Kuzgi togʼda ibodatxona.
   Аyvonda turgancha tingladim mayus
   bugʼu chorlovin. . .
   ------------------------
   Kobayasi ISSА .
  
  
  
   * * *
   Bugʼu ovozi
   olisga jaranglab singadi
   mayus va mayus.
   -------------------------
   Matsuo BАSYo .
  
  
  
   * * *
   Tungi sovuq.
   Menga juldur toʼnin qarzga berarmi
   daladaga yolgʼiz qoʼriqchi? . .
   --------------------------
   Matsuo BАSYo .
  
  
  
   * * *
   Izgʼirin.
   Uzoqda xurpaygan turnani
   koʼrayapman men . . .
   ----------------------------
   Yosa BUSON .
  
  
  
   * * *
   Poʼsht - poʼsht , chirildoq,
   hozir yonboshimga agʼdarilaman.
   Qani, joʼnab qolchi bu yerdan !
   ------------------------
   Kobayasi ISSА .
  
  
  
   * * *
   Oʼchoq boshidagi kovakka
   chirildoq kirib olgan.
   Tungi sovuq . . .
   -----------------------
   Yosa BUSON .
  
  
  
   * * *
   Kuz kelmoqda.
   Bu haqda xabar olib ,
   uchib keldi qizil ninachi .
   ------------------
   SIRАO .
  
  
  
   * * *
   Zogʼcha tutib oldim.
   Uning koʼzlariga qarab bildimki,
   kuz kelayotir .
   -----------------------
   DАKOTSU .
  
  
  
   * * *
   Ilgaklangan eshik.
   Hovli sahnasida
   oʼynar xazonrez . . .
   ----------------------
   TEYGА .
  
  
  
   * * *
   Аkillaydi bezovta koʼppak,
   ajratib qurigan xazon shitirin.
   Xovlida boʼron . . .
   ---------------------
   Sisey - DZYo .
  
  
  
   * * *
   Oppoq xrizantema.
   Mana qarshisida toʼxtab qaychi ham
   qotib qoldi bir daqiqaga .
   --------------------
   Yosa BUSON .
  
  
  
   * * *
   Yangi bogʼ yaratdim.
   Nihoyat undagi toshlar namlandi.
   Birinchi qish yomgʼiri . . .
   -----------------------
   SYaDO .
  
  
  
   * * *
   Birinchi qish yomgʼiri.
   Maymun ham qarshilik qilmaydi
   kiydirsang chopon.
   -------------------------
   Matsuo BАSYo .
  
  
  
   * * *
   Qanday qaysar odam !
   Baliq tutar qish yomgʼirida
   qosh qoraygan chogʼ . . .
   -----------------------
   Yosa BUSON .
  
  
  
   * * *
   Men shamolga qarshi yurayapman.
   Soyabonim ortga tortadi
   qishki yomgʼirlar vaqti . . .
   -----------------------
   Sisey - DZYo
  
  
  
   * * *
   Dexqon keng dalada
   menga yoʼl koʼrsatdi
   yulingan sholgʼom bilan . . .
   ----------------------
   Kobayasi ISSА .
  
  
  
   * * *
   Tovuqlar katakda uxlashayotir.
   Qor esa yanada qalinroq
   qoplayotir dalalar ustin.
   --------------------------------
   Kobayasi ISSА
  
  
  
   * * *
   Shamol qalpogʼini uchirib,
   savalaydi sellar beayov.
   Qoʼriqchi dalada . . .
   ----------------------------
   XАGI - DZYo .
  
  
  
   * * *
   Oydin kecha.
   Naqadar ayanchli , naqadar baxtsiz
   daladagi qoʼriqchi . . .
   -----------------------------
   Masaoka SIKI.
  
  
  
   * * *
   Daladagi qoʼriqchi
   hatto Xizr boʼlib kelganida ham
   boshdan olmas yevroqalpogʼin.
   ----------------
   DАNSUY
  
  
  
   * * *
   Hoy, hovlida yana ne shovqin?!
   Bu qoʼriqchi, kuchli shamolda
   yerga qulab tushdi gursillab.
   ---------------
   BONTYo .
  
  
  
   * * *
   Gʼoz, yovvoyi gʼoz,
   ayt necha yil uchding sarosar
   oʼrmonlar ortiga, dengiz ortiga?. .
   ---------------
   Kobayasi ISSА.
  
  
  
   * * *
   Yovvoyi gʼozlarning galasi
   gʼogʼolab pastladi yaydoq dalaga .
   Kuchaymoqda tungi sovuqlar . . .
   -----------------
   KYoROKU.
  
  
  
   * * *
   Qizilishton taqillatmoqda.
   Kun botsa ham hamon tinmaydi
   hamon oʼsha eski joyida . . .
   -------------------
   Kobayasi ISSА.
  
  
  
   * * *
   Oʼchoq boshidagi kovakda
   kuylar tamom oʼzin unutib
   tanish chirildoq . . .
   ----------------
   Matsuo BАSYo.
  
  
  
   * * *
   Teshik soyabon -
   qishlov uchun qoʼl keldi juda
   koʼrshapalaklarga . . .
   ----------------
   Yosa BUSON.
  
  
  
  
   * * *
   Sovuq tun.
   Jigʼimga tegish uchun qoʼshnilar atay
   qozon taqirlatayotirmi?
   ----------------
   Yosa BUSON.
  
  
  
   * * *
   Sichqon chiqib borar
   koʼrpam yonidagi jinchiroq sari.
   Yogʼ ham muzlabdi . . .
   -----------
   Yosa BUSON.
  
  
  
  
  
 Ваша оценка:

Связаться с программистом сайта.

Новые книги авторов СИ, вышедшие из печати:
О.Болдырева "Крадуш. Чужие души" М.Николаев "Вторжение на Землю"

Как попасть в этoт список
Сайт - "Художники" .. || .. Доска об'явлений "Книги"